Hissiyot olamiga sayohat.
Islomning eng asosiy ustuni namoz haqida Hayrulla Hamidovning yozgan she'ri.BENAMOZLIKMo'minlikka da'vo bo'lmas benamozlik,Bir kunga ham ravo bo'lmas benamozlik,Bu dunyo-ku besh mahaldek o'tar - ketar,Lek qabrda xavo bo'lmas benamozlik,Jazolarga davo bo'lmas benamozlik.Qur'onda ham uning misli kelgan qavm bu,G'iybat-la o'z do'sti go'shtin yegan qavm bu,Rosululloh "Bizdan emas" degan qavm bu,Peshonasin qoraytirmish - benamozlik,Qabrini ham toraytirmish - benamozlik!Bu gunohki, ko'ngillarni mast qilguvchi,Inson degan sharafni-da past qilguvchi,Boshga balo kunni haqqi rost qilguvchiGunohlarning kabirasi - benamozlik,Asli shirkning nabirasi - benamozlik!Joynamozlar sarpolarga joylanadi,Ayting, qo'llar qachon Haqqa boylanadi,Nahot inson do'zax sari shaylanadi?!Shayton tuhfa etgan tug'yon - benamozlik,Yaratganga eng zo'r isyon - benamozlik,Besh mahalga beparvodir "Alloh - bir!" deb,Og'ir kunda tag'in aytar "panoh ber!" deb,Shuni aytsa kerak-da, "haq, gunoh bir", debMuhrlanmish qalbi mangu - benamozlik,Namozshomda go'yo uyqu - benamozlik!Bobolari sajdadan bosh ko'tarmagan,Yaratgandan o'zga iloh axtarmagan,Ox bu farzand, nechun desang ko'karmagan -Daryo qurib o'rnida cho'l - benamozlik!Do'zax sari eng qulay yo'l - benamozlik!Taxtdan tushib besh vaqt namoz qilgan el bu,Har kunini Allohdan deb bilgan el bu,Dini bois bu dunyoga kelgan el bu,Yelkasida uning bugun benamozlik,Hech yechilmas jirkanch tugun - benamozlik!Payg'ambari kelib-da, bir o'rnak olmasBu millatning buguniga qilmang havas.Saroylari qulab, o'rnin topsa abasBiling, asl sabab erur benamozlik,Haq sizlarga javob berur benamozlik!Buxoriylar, Termiziylar, NaqshbandlarShu o'lkadan chiqqan edi, jigarbandlar,Ularni-da odam qilgan labda hamdlar,Ular uchun eng katta or - benamozlik,Bugun bizni aylagan xor - benamozlik,Sinolari namoz o'qib tabib bo'lgan,Navoyisi sajda chog'i habib bo'lgan,Qodiriysi tergovda ham namoz qilgan,Bu millatga katta uyat - benamozlik,Tarix uchun katta g'orat - benamozlik!... Dunyo uchun nima qilsang qilavergin,O'zingni kim bilsang, shunday bilavergin,Ammo so'nggi xitobimga quloq bergin:Jahannamga ziyoratdir - benamozlik,Insonlikka hiyonatdir - benamozlik!
Channel: People & Blogs
Uploaded: December 31, 1969 at 6:59 pm
Author: dilmuroduz
Length: 04:22
Rating: 5.00
Views: 8467
Tags: din hidoyat hilmatli holislik islam islom o'zbek o'zbekistan uzbek uzbekistan
Video Comments
|
WhiteStone99 (December 31, 1969 at 6:59 pm)
Assalamu alekum Brother Dilmurod may Allah S.W.T bless you and your family inshallah we gonna meet each other to Jannat ameen.
professorcan (December 31, 1969 at 6:59 pm)
Namoz hakida ukilgan ushbu sher yuragimning eng tubidan joy oldi. hozirgina namozga yana kaytmakchiman.
4620053 (December 31, 1969 at 6:59 pm)
alloh rozi bo'lsinkatta rahmat
umarxon (December 31, 1969 at 6:59 pm)
Islom Dini
Ustobobo (December 31, 1969 at 6:59 pm)
Zo'r ekan aka qoyil Rahmat Sizga oka ilohim Alloh sizdan rozi bo'lsin! _Dilmurod aka Man ham chet mamlakatda yashiyman agar pochtangiz bo'lsa ya'ni beraolsangiz mening sizga 1,2-savolim bor edi. Hurmat ila~ |
|